Bilasizmi? "Milan" o‘tgan mavsum 126 million evro zarar ko‘rgan
Italiyaning “Milan” klubi o‘tgan 2017/18 yilgi mavsumda qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi.
Calcio e Finanza nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 2017 yilning 1 iyulidan 2018 yilning 30 iyunigacha 126 million evro zarar ko‘rgan. Qayd etish lozimki, ushbu ko‘rsatgich avvalgi mavsumdagidan naqd 53 millionga ko‘p deganidir.
Klubning daromadi esa 255,8 mln evroni tashkil etdi. Amalga oshirilgan xarajatlar esa 354,4 mln evro bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda 25 oktyabr kuni direktorlar kengashi a’zolari ushbu moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash uchun yig‘ilishadi.

Fikrlar