Bilasizmi? "Paxtakor" Gonsalveshning transferida foyda ko‘rdi
Xabaringiz bor o‘tgan mavsumni "Paxtakor" safida o‘tkazgan portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh yaqinda Eronning "Istiqlol" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Qayd etish lozimki, "sherlar" ushbu transferdan yaxshigina foyda ko‘rishgan. Bu haqda "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.
- Gonsalveshning Eron jamoasiga transfer qilingani “Paxtakor”ning moddiy tomondan foyda ko‘rganini bildiradimi?
- Albatta, shunday. Klub bu transferdan foyda oladi. “Paxtakor” faqatgina boshqa o‘yinchilarni qo‘lga kiritish orqali transfer qilmaydi, biz ham o‘yinchilarni sotib foyda ko‘rishimiz mumkin. Gonsalvesh bunga misol bo‘la oladi.
Suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar