Bilasizmi? Rossiya JCh-1994dan buyon ilk marta mundiallarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Akinfeev esa birinchi marta o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi
Xabaringiz bor kecha Rossiya terma jamoasi JCh-2018dagi ilk bahsida Saudiya Arabistonini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, ruslar 1994 yilgi AQSh mundialidan so‘ng ilk marta jahon chempionatlarida yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ta’kidlash kerakki, Rossiya o‘shanda Kamerunni 6:1 hisobida taslim etgan edi.
Bundan tashqari Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev jahon chempionatlaridagi faoliyatida ilk bor dastlabki o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alaba Rossiyaning JCh-2002dan buyon mundiallardagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Fikrlar