
Bilasizmi? Saloh "Liverpul"dagi ilk 50ta golini hammadan tez kiritdi
Avval xabar berganimizdek “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh joriy hafta Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Tsrvena Zvezda”ga (4:0) qarshi bahsda gol urib, o‘zining mersisaydliklar safidagi gollari sonini 50taga etkazib oldi.
E’tiborlisi, 26 yoshli misrlik futbolchiga ushbu natijaga erishish uchun bor yo‘g‘i 65ta o‘yin etarli bo‘ldi. Shu tariqa u 50ta golni Fernando Torres (72ta o‘yin) va Daniel Starrijlardan (91ta o‘yin) ancha tezroq kiritishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Saloh “Liverpul” safiga 2017 yilning yozida “Roma”dan 42 mln evroa ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar