
Bilasizmi? Saloh PSJga o‘tishi mumkin edi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh hali “Roma”dan mersisaydliklar safiga ko‘chib o‘tmasdan oldin PSJga ham yo‘l olishi mumkin edi.
Parijliklar sobiq ustozi Unai Emerining so‘zlariga ko‘ra u misrlik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan. Ammo, keyinchalik uning PSJ kabi grand klubga moslashib ketishiga shubha qilgan va ushbu transferdan voz kechgan.
Ma’lumot uchun, Saloh “Liverpul” safiga 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 77ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 59ta gol hamda 23ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar