
Bilasizmi? Serxio Ramos faoliyati davomida 2-marta yilni qizil kartochkasiz o‘tkazdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos yakuniga etib borayotgan 2018 yilda birorta ham qizil kartochka olmadi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy kalendar yilida La Ligada 6ta, Chempionlar ligasida 4ta, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Millatlar ligasi va UEFA Superkubogida bittadan sariq kartochka oldi.
E’tiborlisi, Ramos faoliyati davomida ikkinchi marta, aniqrog‘i so‘nggi 7 yilda ikinchi bor yil davomida birorta ham qizil kartochka olmadi. So‘nggi bor bunday holat 2015 yilda kuzatilgan edi.
Fikrlar