
Bilasizmi: Tojikiston chempionatida 7 nafar hamyurtimiz to‘p suradi
Ayni kunlarda Tojikiston chempionatida ham yangi mavsumga start berildi. E’tiborlisi, qo‘shni mamlakat chempionati jamoalarining tarkiblariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ligadagi 8 jamoada 7 nafar hamyurtimiz bor ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Furqatjon Hasanboev “Xo‘jand” safiga borib qo‘shilganligi borasida ilgari xabar bergan edik.
O‘zbekistonlik futbolchi OFK kubogida ishtirok etadigan jamoa safiga borib qo‘shildi
Bundan tashqari, Tursunzodaning “Regar-TadAZ” jamoasida o‘zbekistonlik himoyachi Sirojiddin Allaev hamda yarim himoyachilar Eldor Ergashev va Islombek Boyto‘raevlar ham bor.
Bu mavsum Oliy ligaga chiqqan “Ko‘ktosh” safida ham 3 nafa hamyurtimiz to‘p tepadi. Bular Asiljon Mansurov (himoyachi), Muhiddin Odilov (hujumchi) va Nodirbek Ibragimov (hujumchi)lardir.
Fikrlar