
Bilasizmi? "Vest Xem" joriy yozgi transferlar davrida yangi futbolchi sotib olish uchun 100 mln evro sarfladi
Londonning "Vest Xem" klubi joriy yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar xarid qilish uchun salkam 100 million evro mablag‘ xarajat qildi. Bu haqda Bleacher Report Football nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “bolg‘achilar” hozirgacha 38 million evroga "Latsio"dan Felipe Andersonni, 25 million evroga “Tuluza”dan Issa Diopni, 20 million evroga “Borussiya” Dortmunddan Andrey Yarmolenkoni, 8 million evroga "Suonsi"dan Lukash Fabyanskini va 4 million evroga "Korintians"dan Fabian Balbuenani sotib olishdi.
Bundan tashqari Jek Uilsher hamda Rayan Frederiks kabi futbolchilar jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shilishdi.
Fikrlar