
Birinchi liga. “Sokin” o‘tgan 14-tur statistikasi
Birinchi liga 14-tur o‘yinlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlardan so‘ng turning e’tiborga molik statistikalarini e’tiboringizga havola etamiz.
• 14-turda jami 9 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi;
• 6 ta o‘yinda mezbon, 2 ta bahsda mehmon jamoalar g‘alaba qozondi;
• Faqatgina “Xorazm” xamda “NBU-Osiyo” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi.
“Orol” (Nukus) – “Yangier” (Yangier) – 5:2
“Xorazm” (Urganch) – “NBU-Osiyo” (Toshkent) – 1:1
“Norin” (Haqqulobod) – “G‘allakor” (G‘allaorol) – 2:0
“Yozyovon Lochinlari” (Yozyovon) - “Zomin” (Zomin) – 2:1
“Nurafshon” (Buxoro) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent) – 0:1
“Mash’al-2” (Muborak) – “Xotira-79” (Uychi) – 2:1
“Nasaf-2”(Qarshi) – “Andijon” (Andijon) – 4:1
“Surxon” (Termiz) – “Istiqlol” (Farg‘ona) – 1:0
“UzDongJu”(Andijon) – “Tsementchi” (Quvasoy) – 0:4
Dubl, avtogol va penaltilar
• 9 ta o‘yinda jami 26 ta gol kiritildi;
• Bu har bir bahsda o‘rtacha 2,8 ta gol kiritildi demakdir;
• Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 16 tani tashkil etadi;
• Qolgan 10 ta golni mehmon jamoa vakillari kiritishgan;
• Bu turda eng ko‘p gol kiritgan jamoa bu “Orol” bo‘ldi – 5 ta;
• Eng ko‘p o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan jamoalar bular “Andijon” xamda “UzDongJu”lar bo‘ldi – 4 tadan;
• “Norin”, “Lokomotiv-BFK”, “Surxon” xamda “Tsementchi” jamoalari bu turda o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga erishdilar;
• Uchrashuvlarning birinchi bo‘limida 11 ta gol kiritildi;
• Odatdagidek, aksariyat gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi – 15 ta;
• 14-turning eng tezkor goli “Nasaf-2” jamoasi futbolchisi Bozorov hisobiga yozildi. Ushbu futbolchi “Andijon”ga qarshi o‘yinning 9-daqiqasida bosh hakam Olim Tolibjonov tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshira oldi;
• Aksincha, eng so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollarga esa “Tsementchi” jamoasi futbolchisi Rahmatillo Meliboev mualliflik qildi. “UzDongJu”ga qarshi bahsning hakam tomonidan qo‘shib berilgan 3-daqiqasida “Tsementchi” futbolchisi penaltini aniq amalga oshira oldi va o‘yinga yakuniy “nuqta”ni qo‘ya oldi.
• Bundan tashqari “Nasaf-2” futbolchisi O. Murodov ham 90+3 daqiqada “Andijon” darvozasini ishg‘ol qildi;
• Bu turda 3 ta futbolchi dubl qayd etdi. Bular B. Yangiboev(“Orol”), V. Nuriev(“Norin”) xamda “Mash’al-2” futbolchisi Sh. Ubaydullaev(“Mash’al-2”)lardir. Darvoqe, Ubaydullaev o‘tgan turda “Lokmotiv-BFK”ga qarshi bahsda ham dubl qayd eta olgan edi;
• 14-turda jami 4 ta penalti belgilandi va ularning barchasi aniq amalga oshirildi;
Intizom masalasi
• 9 ta o‘yinda 27 ta sariq kartochka ko‘rsatilgani bu tur ancha “sokin” o‘tganidan dalolat bermoqda;
• Shularning 12 tasi mezbonlarga, qolgan 15 tasi mehmonlarga ko‘rsatilgan;
• “Sokin” o‘tdi deyishimizga yana bir sabab, bu turda faqatgina “G‘allakor” futbolchisi Meliboev hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.O‘tgan turda esa hakamlar 9 ta qizil kartochka ko‘rsatishgan edilar;
Muxlislar
• 14-tur o‘yinlarini ko‘rish uchun 9 ta stadionga jami 6854 nafar muxlis tashrif buyurdi;
• Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 761 muxlis demakdir;
• Bu turda eng ko‘p muxlis “Surxon” xamda “Istiqlol” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyurishdi – 2376 nafar;
• Aksincha,”Nasaf-2” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga eng kam – 73 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“Orol” (Nukus) – “Yangier” (Yangier) – 1414 tomoshabin
“Xorazm” (Urganch) – “NBU-Osiyo” (Toshkent) 1:1 1506 – tomoshabin
“Norin” (Haqqulobod) – “G‘allakor” (G‘allaorol) 2:0 721 – tomoshabin
“Yozyovon Lochinlari” (Yozyovon) - “Zomin” (Zomin) 2:1 – 142 tomoshabin
“Nurafshon” (Buxoro) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent) – 86 tomoshabin
“Mash’al-2” (Muborak) – “Xotira-79” (Uychi) 2:1 – 83 tomoshabin
“Nasaf-2”(Qarshi) – “Andijon” (Andijon) 4:1 – 73 tomoshabin
“Surxon” (Termiz) – “Istiqlol” (Farg‘ona) 1:0 – 2376 tomoshabin
“UzDongJu”(Andijon) – “Tsementchi” (Quvasoy) 0:4 – 453 tomoshabin.
13-turdan so‘ng turnir jadvali
Ostonamizdagi uchrashuvlar
15-tur. 13 iyun (seshanba)
«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Nasaf-2» (Qarshi)
«Yangier» (Yangier) – «Surxon» (Termiz)
«Zomin» (Zomin) – «Orol» (Nukus)
«G‘allaorol» (G‘allaorol) – «Xorazm» (Urganch)
«Xotira-79» (Uychi) – «Norin» (Xaqqulobod)
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Yozyovon-Lochinlari» (Yozyovon)
«Tsementchi» (Kuvasoy) – «Nurafshon» (Buxoro)
«Uz-Dong-Ju» (Andijon) – «Mash’al-2» (Muborak)
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar