Birinchi liga: "Tsementchi" minnatdorchilik bildiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalam bor Barcha Quvasoy axlini uzoq yillik orzu umidlarning ijobati bilan, musobaqada muddatidan oldin erishillgan chempionlik va qadirdon jamoamizning oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan jamoa ma’muriyati nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Qolaversa mavsum davomida biz bilan xamrox bo‘lgan va jamoamizning ushbu quvonchli kunlarida xam o‘zlarining eng samimiy tilaklarini yuborgan Championat.asia sayti xodimlariga xususan Jaxongir Sotvoldievga, Sports.uz sayti xodimlari xususan Komiljon Ikromov va Shaxzod Xolbaevlarga Akmal Eshonxonovga Iff.uz sayti xodimlariga xususan Jaloliddin Qobiljonovga
@vodiy_futboli kanali xodimlari xususan Abdulaziz Abduvoxidovlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan xamkorligimiz uzoq yillar davom etadi degan umiddamiz!

Jamoamiz va xamshaxarlarimizning g‘alabali onlari munosabati bilan eng sara ezgu tilaklar va tabriklarni yuborgan, quvonchimizga sherik bo‘lgan “Neftchi” jamoasi xodimlari xususan matbuot kotibi Xojakbar Jabborovga, “Qo‘qon-1912” jamoasi ma’muriyatiga xususan fan klubi raisi Qaxramon Isroilovga, “Navbaxor” jamoasi klubi xodimlari va Namangan muxlislari kanali adminlari xususan Abduraxmon 6767 ga,  “Lokomotiv” jamoasi a’zolariga xususan Faxriyor O‘rinboevga va matbuot kotibi Zoxirshoxga, “Surxon” jamoasi matbuot kotibi Elyor Uzakovga va “Surxon” kanali admini Dadoshga, “Xotira-79” jamoasi matbuot xodimlariga xususan Azizbek Abdug‘anievga “Zomin” jamoasi matbuot kotibi Akmal Raxmatullaevga,
“G‘allaorol” jamoasi a’zolari va butun Qoraqolpog‘iston xalqiga xususan Nurlibek Talasboev va uning oila a’zolariga “Yangier” jamoasi a’zolariga xususan Zafar Qoraqulovga
“Uzdongju” jamoasining barcha a’zolari va matbuot kotibi Sherzodbek Mamadalievlarga
Aleksandr Mochinov boshchiligidagi U-19 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining barcha a’zolariga

Qolaversa olis yurtlarda musofirlikda yurgan va olis masofadan bo‘lsada jamoamizni qo‘llab quvvatlab turgan va ushbu kunlarni birga nishonlay olmagan bo‘lsalarda barcha xamshaxarlarimizni tabriklab qo‘yishimizni iltimos qilgan juda ko‘plab muxlislarimizga, undan tashqari Toshkentlik, Surxandaryolik, Qashqadaryolik, Sirdaryolik, Buxorolik, Gulistonlik, Yangierlik, Namanganlik, Uychi, Kosonsoy tumani, Jizzaxlik, Zominlik, Andijonlik, Oltiariqlik, Marg‘ilonlik, Toshloqlik, Rishton, Bog‘dod Dang‘ara, Beshariq, Uchko‘prik tumanlaridagi muxlislar, Chimyonlik, va Qo‘qonlik, umuman barcha barcha farg‘onalik muxlislar va yuqoridagi do‘stlarimizning barcha barchalariga bildirilgan ezgu tilaklar va yuborilgan tabriklar uchun jamoa raxbariyati, ishchi xodimlari futbolchilari-yu, murabbiylari nomidan klubimizning jami a’zolari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va mingdan ming tashakkurlar aytamiz!

BARChANGIZGA TAShAKKUR!!!

“Tsementchi” jamoasi ma’muriyati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!