"Boka Xuniors" futbolchisining ko‘ziga shisha bo‘laklari kirib ketdi (foto)

  • 25 noyabr, 2018, 02:09
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"River" ultraslari esa "Boka"ning avtobusiga hujum qildi. Hujum natijasida "Boka Xuniors"ning bir nechta futbolchisi jumladan Pablo Peresga avtobus oynasining singan parchalari kirit ketgan va ular shifoxonaga olib ketilgan.

Politsiya esa tartibsizlikni keltirib chiqargan muxlislarga nisbatan ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalanishgan. Avtobusning singan oynalari orqali esa gaz transportning ichiga ham kirgan futbolchilarga ham ta’sir etgan.

"River Pleyt" fanatlari tez  yordam mashinasiga ham toshlar uloqtirishgani aytilmoqda. Shundan so‘ng har ikkala klub prezidentlari o‘zaro muzokara o‘tkazishgan va bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 03:15 start olishi borasida kelishuvga erishdi.

Dsypo2rWkAAHXuA

Dsy8pN8WsAEg8St

Dsy-nwAXcAAIwLE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!