Bokschilarimizning yarim finaldagi janglari vaqti ma’lum

  • 4 may, 2017, 11:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilayotgan bokschilarimiz ertaga yarim final bahslarida ringga ko‘tariladi.

Tecno

Kecha o‘tkazilgan chorak final janglarida to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschisi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Ertangi yarim final bahslari ikki dasturga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Soat 14:00 da kunduzgi dasturga start berilsa, kechki dastur soat 18:00 da boshlanadi.

Yarim finalning kunduzgi dasturini Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Azamat Issakulovga qarshi jang bilan boshlab beradi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokidagi yarim final janglarining boshlanish vaqti.

Kunduzgi dastur (14:00)

14:00. Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Azamat Issakulov (Qozog‘iston)

14:30. Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) – Yon Hun Han (Janubiy Koreya)

15:15. Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) – Jun Shan (Xitoy)

15:45. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

16:00. Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Jyabin Huan (Xitoy)

Kechki dastur (18:00)

18:00. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)

18:40. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Bekdavlat Ibragimov (Qozog‘iston)

19:00. Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtiriy (Eron)

19:30. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Muhammad Mulaes (Suriya)

Janglarning boshlanish vaqti undan avval o‘tkaziladigan janglarning davomiyligiga qarab o‘zgarishi mumkin*

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!