
“Borussiya D” Subotichni “Kyoln”ga ijaraga berib yubordi
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Neven Subotich mavsumni “Kyoln” safida yakunlaydigan bo‘ldi. Kyolnliklar rasmiy saytining ma’lum qilishicha jamoa serbiyalik futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan.
“Yangi baxtliman va yangi jamoamda o‘ynashga tayyorman. Fantastik mavsumlar uchun “Borussiya D”dan minnatdorman. Endi mening hayollarim to‘liq “Kyoln”da va men yana futbol o‘ynashni istayman”, - deydi 28 yoshli futbolchi "Kyoln" klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ta’kidlash kerakki, Germaniya Bundesligasining ortda qolgan 17 turida Subotich biror marta ham maydonga tushmadi. Uning “Borussiya D” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan.
Avvalroq, Subotichning "Gamburg" klubiga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar