“Borussiya Dortmund” murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 10 dekabr, 2017, 19:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Peter Bosh iste’foga chiqarildi. U iyunda jamoani  qabul qilib olgan edi. Dortmundliklar uning boshqaruvida Bundesliganing so‘nggi 8 turida g‘alaba nimaligini bilishmadi. Qolaversa, klub EChL guruh bosqichida qolib ketdi.

Endi “Borussiya”ni “Keln”ning sobiq bosh murabbiyi Peter Shtyoger boshqaradi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis dortmundliklarni 2018 yilning 30 iyuniga qadar boshqaradi.

Qayd etish joiz, “Keln” klubi 3 dekabr sanasida Bundesliganing ketma-ket 14 turida g‘alaba qozona olmagani tufayli iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!