
“Borussiya Dortmund” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Kecha Dortmundning “Borussiya” jamoasi Bundesliganing 23-turida “Bayer”ni yirik – 6:2 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi, dortmundliklarning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang mazkur bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi va uning “Borussiya” libosida kiritgan gollari soni 105 tani tashkil etgan xolda, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shu munosabati bilan esa biz bugun “Borussiya” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar bilan tanishtirishni maqsad etdik.
- Legionerlarimizda nima gap?
- “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak?
- Ular bir vaqtlar EChLda o‘ynashar edi…
5. Per-Emerik Obameyang – 105 ta gol
2013 yilda “sariq-qoralar” safiga kelib qo‘shilgan Obameyang jamoaga kelganidan buyon yildan-yilga ko‘p gol kiritib bormoqda. Dastlabki mavsum 16, so‘nggi ikki mavsumda esa 25 va 39 tadan gol kiritishga erishgan gabonlik hujumchi bu mavsum ham chakki o‘yin namoyish etayotgani yo‘q – 25 ta gol. Agarda, 27 yoshli futbolchi Dortmunddan ketishga shoshilmasa, bu borada yanada yuqoriroqqa ko‘tarilishi aniq.
4. Lottar Emmerix – 122
1966 yilgi mundial finalchisi bo‘lgan Emmerix 9 yillik Dortmunddagi faoliyati davomida KEK xamda Germaniya kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Garchi, unga Bundesligada g‘olib chiqish nasib etmagan bo‘lsada, ikki bor Germaniya chempionatida to‘purar bo‘ladi. Umuman olganda esa marhum futbolchi va murabbiy “Borussiya” raqiblari darvozasini 122 bor ishg‘ol etishga erishgan.
3. Stefan Shapyuiza – 124
90 yillarda Dortmundning bosh to‘purari bo‘lgan Shapyuiza jamoa safida ikki bor Bundesligada va bir bor EChLda g‘olib bo‘ladi. Bundan tashqari esa bir martadan Germaniya superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan Stefan klub safida 284 ta o‘yinda maydonga tushib, 124 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
2. Manfred Burgsmyuller – 158
1976-1983 yillarda “Borussiya” safida to‘p surgan Manfred jamoa safida 251 bahsda maydonga tushgan bo‘lib, 158 ta gol kiritishga erishgan. Ammo shunday sermahsul o‘yin namoyish etgan Burgsmyuller dortmundliklar bilan birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
1. Mixael Tsork – 159
Butun faoliyatini “Borussiya”ga bag‘ishlagan Tsork jamoa safida 1981-1999 yillarda faoliyat yurigan. Umuman olganda Dormundda tavallud topgan Tsork mazkur shaharning bosh jamoasida 572 ta bahsda maydong tushgan bo‘lib, raqiblar darvozasini 159 bor ishg‘ol etishga erishgan.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar