
"Borussiya" Myunxengladbax "Gamburg"ga imkon qoldirmadi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha Germaniya Bundesligasining 17-turida Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Gamburg”ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan o‘yin esa maydon egalarining 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Borussiya"M o‘z ochkolari sonini 28taga etkazib olgan bo‘lsa (4-o‘rin), hisobida 15 ochko bo‘lgan "Gamburg" 16-pog‘onada bormoqda.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar