Bosqon uloqtirish: Suhrob Xo‘jaev Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.

Tecno

Kun dasturidan o‘rin olgan bosqon uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Suhrob Xo‘jaev ham ishtirok etdi.

Xususan ushbu bellashuvda hamyurtimiz snaryadni 74,6 metrga uloqtirgan holda, 3-o‘rinni band etdi. Ushbu natija hamyurtimizning mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida ushbu yo‘nalishda oltin medal qatarlik Ashraf Elseifiga nasib etgan bo‘lsa, kumush medalni tojikistonlik Dilshod Nazarov qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozim, biroz avval engil atletikaning ayollar o‘rtasidagi 100 metrga yugurish bahslarida yana bir hamyurtimiz Nigina Sharipova ham o‘z ishtirokini yakunlab, finalda 7-o‘rinni band etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!