Bugun 3 nafar polvonimiz tatamiga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boku shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bugun beshinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturida erkaklar o‘rtasida -90 va ayollar toifasida -70 kg vaznlarda bahslar bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu vazn toifalarida terma jamoamiz sharafini 3 nafar sportchi himoya qilishadi. Erkaklar bahsida Davlat Bobonov birinchi davradan erkin o‘tgan va ikkinchi bosqichdan kurashga qo‘shiladi. 

-70 kg vazn toifasida dastlab Shohista Nazarova polshalik Darya Pogorzelech bilan ro‘baro keladi. Ushbu vazn toifasida bahs olib boradigan boshqa bir vakilamiz Gulnoza Matniyazova esa birinchi davrada yaponiyalik Yoko Ono to‘sig‘idan o‘tishi talab etiladi. Bo‘lajak bellashuvlarda vakillarimiz omad tilab qolamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!