Bugun A Seriyada ham poytaxt derbisi yoxud "Roma" hamshahari "Latsio"ga qarshi bahs yuritadi

  • 29 sentabr, 2018, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun shuningdek Italiya A Seriyasida ham shahar derbisi bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, 7-tur doirasida muxlislar “Roma” hamda “Latsio” jamoalari o‘rtasidagi Rim derbisining guvohi bo‘lishlari mumkin.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

Ushbu jamoalar tarixda o‘zaro 170 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 64tasida “Roma”, 45tasida esa “Latsio”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 61ta bahs esa durang bilan yakunlangan.

Rim grandlarining o‘zaro bahsida eng yirik g‘alaba “Roma”ga tegishli – 5:0.

O‘tgan mavsum “Roma” dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bahsi 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlangan.

“Latsio” “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 11ta derbining faqat 1tasida g‘alaba qozona olgan holos.

“Roma” chempionatning o‘tgan 6ta turidan so‘ng 8 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. “Latsio” hisobida esa 12 ochko bor va ular ayni damda 4-o‘rinni egallab turishibdi.

"Roma" – "Latsio"

Stadion: "Olimpiko"

Boshlanish vaqti: 18:00

Bosh hakam: Janluka Rokki

Taxminiy tarkiblar:

"Roma": Olsen, Florentsi, Markano, Fatsio, Kolarov, De Rossi, N'Zonzi, Under, El-Shaaravi, Pastore, Under, Djeko

"Latsio": Strakosha, Acherbi, Uollas, Bashtush, Marushich, Lukas, Parolo, Lulich, Milinkovich-Savich, Alberto.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!