
Bugun Rossiya va Braziliya terma jamoalari o‘ynaydi
Bugun va ertaga Osiyo, Evropa va Amerika qit’alarida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Millatlar ligasining uchinchi xafta bahslari o‘tkaziladi.
Rossiyaning Ufa shahrida Xitoy va Eron, Rossiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Osakada Yaponiya - Bolgariya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Frantsiya o‘z parketida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Argentina va Serbiya jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Ottavada Germaniya – AQSh terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. ertaga 9 iyun kuni Kanada – Avstraliya bilan raqobatlashadi.
Fikrlar