Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Bugun mamlakatimizning amaldagi chempioni - “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan mazkur bahs oldidan ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Oltinchi to‘qnashuv

Ushbu jamoalar shu paytga qadar Oliy Liga doirasida 5 marta to‘qnash kelishgan.
“Lokomotiv” o‘yinlarning 3 tasida zafar quchgan, 2 ta bahsda durang qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 11-4, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 11 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 2 tani tashkil etadi.
Birinchi davrada Qo‘qonda o‘tkazilgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1
14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 4:0
30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3
16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2
24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:0

Hakamlar

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘yinini Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradigan bo‘ldi.
Oliy liga
26-tur
Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Risqullaev (Toshkent).
Nazoratchi: Sh. Jumaev (Qarshi).
PFL vakili: S. Rizaev

Boshlanish vaqti
Mazkur uchrashuv bugun “Lokomotiv” stadionida 16:30da start oladi, deya "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!