Buvisini yod etgan futbolchilar
Kecha La liganing 23-turida “Sporting” mehmoni bo‘lgan “Atletiko” Kevin Gameyroning “xet-trigi” evaziga mehmonda yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Uchrashuvda “xet-trik” qayd etagn fransiyalik Gameyro esa o‘z gollarini marhuma buvisiga bag‘ishladi. Biz esa shu munosabat bilan xuddi Gameyro singari harakatni amalga oshirgan mashxur futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz.
Anxel Di Mariya

O‘tan yili AQShda bo‘lib o‘tgan Kopa Amerika turniri guruh bosqichida Argentina terma jamoasi futbolchisi Anxel Di Mariya Chiliga qarshi bahsda gol kiritadi va bu golni o‘yin boshlanishidan bir necha soat oldin hayotdan ko‘z yumgan Di Mariya buvisini eslagan xolda ko‘ziga yosh olgan edi.
Suares ham hech nima qila olmagan 8 uchrashuv
Jordan Xenderson

O‘tgan yilgi mavsumda “Liverpul” sardori Jordan Xenderson APL 16-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan golini bundan bir haftan ilgari vafot etgan buvisiga bag‘ishlagan edi. O‘yindan so‘ng esa futbolchi shunday degan edi: “Men va mening oilam uchun og‘ir damlar bo‘ldi. Mazkur golimni ularga va buvimga bag‘ishlayman”.
Felipe Melo
Hozirda “Palmeyras” jamoasida to‘p surayotgan Melo 2009/10 yilgi mavsumda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tadi va “keksa sinora” safidagi debyut o‘yinidayoq “Roma” darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Braziliyalik yarim himoyachi ham o‘z golini bundan bir muddat ilgari vafot etgan buvisiga bag‘ishlagan edi.
EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5
Aaron Remzi

Evro-2016 saralash bosqichi doirasida Uels – Isroil(3:0) o‘yinida gol kiritishni uddalagan “Arsenal jamoasi futbolchisi ham o‘z golini marhuma buvisiga bag‘ishlagan edi. “Uning o‘limi, men uchun og‘ir bo‘ldi. Men golimni aynan buvimga bag‘ishladim va ishonamanki u meni ko‘rib turibdi va mening muvaffaqiyatlarimdan xursand bo‘lmoqda”, – deb o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan edi Remzi.
Kevin Gameyro

“Sproting”ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushgan Gameyro 5 daqiqa ichida 3 ta to‘pni mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi va bu gollarni ushbu haftada olamdan o‘tgan buvisiga bag‘ishladi.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Izohlar (0)