“Buxoro” – “Lokomotiv” 1:3 (video)

  • 3 oktabr, 2018, 00:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Seshanba oqshomida Pepsi Superligasida 25-tur uchrashuvlari start oldi. Amaldagi chempion – Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda “Buxro” bilan kuch sinashdi.

Qeskin va qarama-qarshi hujumlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda “temiryo‘lchilar” ishonchli hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning 7-daqiqasida Temurxo‘ja Abduholiqov chap qanotdan Shuxrat Muhammadiev uzatib bergan to‘pni bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

19-daqiqada esa Sanjar Shoahmedov yana o‘sha Muhammadievning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasinin ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi.

39-daqiqada “Lokomotiv” jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan unumli foydalangan Salamat Quttiboev hisobni qisqartirishga erishdi, ammo ikkinchi bo‘limda yana katta sahnaga chiqqan Abduholiqov hisobning ishonchli ko‘rinish olishini ta’minladi.

Quyida esa mazkur o‘yin videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!