"Buxoro" - "Paxtakor" o‘yini prevyusi
"Buxoro" yuqori ligada eng ko‘p o‘ynagan jamoalardan biri sanaladi. Shu sababli "Sherlar" mazkur klubga qarshi chempionatlar doirasida 53 bor maydonga tushishgan. Ularning 37tasida toshkentliklar zafar quchib, 9tasida durang o‘ynagan. 7 bellashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. "Paxtakor" "Buxoro" darvozasini 111 bor ishg‘ol qilib, 36 gol o‘tkazib yuborgan.
Buxorodagi 26 bellashuvda "Paxtakor" 13 g‘alaba, 7 durang va 7 mag‘lubiyatni qayd etgan. Eng yirik g‘alaba 2005 yil kuzatilgan. O‘shanda "sherlar" raqib ustidan 8:0 hisobida g‘alabaga erishishgan.
"Buxoro" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 5 noyabr, dushanba kuni "Buxoro" stadionida 18:00da boshlanadi.
Fikrlar