“Buxoro” bu tur g‘alabaga erishgan “Navbahor”ni ortda qoldirdi

  • 13.06.2018 10:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

15-turga Superliganing 6 o‘yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 52984 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich bir uchrashuvga o‘rtacha 8830ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Buxorodagi “Buxoro” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligini kuzatdi – 18886. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” “Vodiy derbisi”ni 11350 ishqiboz shohidiga aylandi. Muxlislar borasida etakchilardan hisoblangan namanganliklar bu gal o‘z suyuklilarining o‘yiniga nisbatan kamroq qiziqish bildirishdi. Natijada bu turda buxoroliklar “lochinlar” ishqibozlarini ortda qoldirishdi.

Eng kam muxlis esa Farg‘onadagi “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvida qayd etildi – 3815.

Quyida o‘n beshinchi turga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

“Buxoro” – “Bunyodkor” 2:2. 18886 tomoshabin. 

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” 3:0. 11350 tomoshabin.

“Qizilqum” – “So‘g‘diyona” 2:0. 7553 tomoshabin.

“Metallurg” – “Nasaf” 2:2. 7200 tomoshabin.

“Lokomotiv” – AGMK 2:1. 4180 tomoshabin.

“Neftchi” – “Paxtakor” 1:1. 3815 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!