
"Buxoro" futbolchisi Yaponiyaga qarshi asosiy tarkibda o‘ynaydi
Xabaringiz bor yana bir necha daqiqalardan so‘ng, aniqrog‘i soat 16:00da Abu-Dabida Osiyo kubogining “F” guruhidan o‘rin olgan Yaponiya va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
E’tiborlisi, turkmanistonliklar safida “Buxoro” yarim himoyachisi Arslanmurad Amanov asosiy tarkibda uchrashuvni boshlaydigan bo‘ldi. Qayd etish lozimki, Amanov Turkmaniston terma jamoasi safida 2009 yildan buyon himoya qilib keladi. U faoliyati davomida “Buxoro”dan tashqari Olmaliqning AGMK klubida ham to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum buxoroliklar safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar