“Buxoro” ketma-ket ikkinchi marta eng ko‘p muxlis jalb etdi. Eng kam tomoshabin bu gal "Mash’al" o‘yiniga kelgan

  • 21 iyun, 2017, 12:44
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Xabaringiz bor, 19-20 iyun kunlari oliy liga 14-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Ikki kun bo‘lib o‘tgan 14-tur uchrashuvlari bizga bir qator e’tiborga molik bo‘lgan o‘yinlarini taqdim etdi. Jumladan, “Bunyodkor” Buxoroda maydon egalariga 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Balki, “qaldirg‘ochlar”ning ushbu mag‘lubiyati tasodif emasdir. Lekin hisobning bu ko‘rinishi ko‘pchilik uchun kutilmagan holat sifatida qarshi olingan bo‘lishi mumkin. Bu bilan buxoroliklar oliy liga tarixida birinchi marta “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatga uchratishdi. “Olmaliq” esa chempionat doirasida ketma-ket uchinchi marta Namanganda durang o‘ynadi. Qolaversa, Viktor Kumokov shogirdlarining 5 o‘yindan beri davom etayotgan “quruq seriya”lariga Namanganda chek qo‘yildi.

Shuningdek, kubok bahslarida “Nasaf”ga imkoniyatni boy berib kelayotgan “Paxtakor” bu gal chempionat doirasida qarshiliklardan 2:1 hisobida ustun keldi. Bir necha kun oldin “Neftchi”ni qabul qilib olgan Vadim Abramov ikkinchi uchrashuvda ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.  

Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

O‘n to‘rtinchi turda stadionlarimizga 32293 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 4036.6 muxlis keldi degani. Turning markaziy o‘yinlaridan biri hisoblangan “Paxtakor” - “Nasaf” bahsini 5150 ishqiboz bevosita o‘yingohdan kuzatib bordi. Bu natija “sherlar” ijrosidagi bellashuvlarga qiziqish sekin asta ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p tomoshabin esa yana Buxorodagi “Buxoro” – “Bunyodkor” bahsiga to‘g‘ri kelgan -12108. Oldingi turda amaldagi peshqadamni qabul qilgan buxoroliklar stadioniga 12458 ishqiboz tashrif buyurgandi.

Eng kam muxlis borasidagi statistika bu gal Muborak klubiga tegishli. “Mash’al” – “Neftchi” uchrashuvini 451 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi xolos.

Quyida ushbu turdagi o‘yinlarga qancha tomoshabin kelganini bilib olishingiz mumkin.

«Buxoro» (Buxoro) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 4:2. 12108 tomoshabin.

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) – 3:2. 5551 tomoshabin.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:1. 5150 tomoshabin.

«Navbaxor» (Namangan) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:1. 3614 tomoshabin.

«Shurtan» (G‘uzor) – «Obod» (Toshkent) – 2:0. 3451 tomoshabin.

«Metallurg» (Bekobod) – «Qizilqum» (Navoiy) – 3:1. 1111 tomoshabin.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:0. 857 tomoshabin.

«Mash’al» (Muborak) – «Neftchi» (Farg‘ona) – 2:2. 451 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!