"Buxoro" klubi yo‘q bo‘lib ketadimi?
Anjumanda Fayziev klubda moliyaviy muammolar talaygina ekanligini, ammo klub butunlay yo‘q bo‘lib ketmasligini aytib o‘tdi.
"Biz uchun biroz qiyin uchrashuv bo‘ldi. Raqib ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Endi e’tiborni keyingi o‘yinlarga qaratamiz. Hozir sekin-asta o‘zimizning buxorolik yosh futbolchilarni ham tarbiyalab, tarkibga jalb etishga harakat qilyapmiz. Nasib etsa, yaqin vaqt ichida Buxorodan ham yaxshi yosh iste’dodlar etishib, katta futbolchilar chiqadi. Hozircha imkoniyatdan kelib chiqib o‘yin namoyish etyapmiz.
Mavsum yakunlariga qaragan holda, jamoani kuchaytirishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, moliyaviy holatimiz unchalik yaxshi emas, muammolar borligini deyarli hamma biladi. Ammo jamoa yo‘q bo‘lib ketmaydi. "Buxoro" oldin ham bo‘lgan, keyin ham bo‘ladi", - dedi Fayziev.

Fikrlar