"Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida "Andijon" bilan durang o‘ynadi
Xabaringiz bor shu kunlarda barcha jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Jumladan, bugun Superliganing ikki vakili - “Buxoro” va “Andijon” jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. "Milliy" stadionning sun’iy qoplamali maydonida bo‘lib o‘tgan bahsda kuchlar teng keldi - 1:1.
Buxoroliklar safida Aziz Ibragimov, andijonliklar safida esa Davron Isoqov gol urishga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yini.
«Buxoro» - «Andijon» 1:1
Gollar: Davron Isoqov. Aziz Ibragimov.
«Andijon»: Akmal Ortiqov, Xushnud Avilov, Ildar Mamatkazin, Bobur Akbarov, Abror Xusinov, Abdurahmon Abdulxaqov, Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov, Sunnat Ermatov, Ro‘zimboy Ahmedov, Sardor Sulaymonov.
«Buxoro»: Xurshid Xodjaev, Tohir Shamsitdinov, Mirjalol Jumaev, Rahmon Ochilov, Shahzod Ubaydullaev, Bobur Zaynitdinov, Behruz Shodmonov, Rabbim Hasanov, Laziz Ubaydullaev, Andrey Sidorov, Firdavs Asadov.

Fikrlar