"Buxoro" safiga Osiyo chempioni kelib ko‘shildi

Xabaringiz bor, Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi "Buxoro" klubi ayni kunlarda yangi mavsum uchun Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishgan.

Bular 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni Andrey Sidorov va himoyachi Laziz Ubaydullaevlardir. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga "Bunyodkor" akademiyasi maydonida, soat 12:00 da, buxoroliklar "Andijon"ga qarshi nazorat o‘yinini olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BEK_07
21/01/2019 01:04
Ашурматовга омад намангандан. Хурмат киламиз