"Chelsi" Sarrining o‘rniga yana bir nomzod topib qo‘ydi

  • 23.02.2019 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati iste’fosi tobora yaqinlashib borayotgan Mauritsio Sarrining o‘rniga yana bir nomzod topib qo‘ydi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” ayni damda Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Stiv Xollandni taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli angliyalik mutaxassis uchun “Chelsi” begona emas. Boisi, u 2011-2017 yillar davomida “aristokratlar” safida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Xatto, 2015 yil Joze Mourino iste’foga chiqarilgach jamoani vaqtincha boshqargan.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda agar “Chelsi” Angliya liga kubogi finalida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy bersa, Sarri iste’foga chiqariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!