"Chelsi" etakchilari PAOKga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 20 sentabr, 2018, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri PAOK jamoasiga qarshi Evropa Ligasi guruh bosqichi birinchi tur oldidan tarkibda o‘zgarish bo‘lganini ma’lum qildi.

Tecno

Azar o‘yinda ishtirok etmaydi, chunki u xalqaro o‘yinlar va “Kardiff”ga qarshi bahsdan so‘ng biroz charchagani ma’lum qildi. U bazada qoldi va shug‘ullanadi. David Luis ham klubda qolgan, chunki u futbolsiz olti oydan keyin muammoga duch kelgan, – deya Sarrining so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Azar va Luisdan taqshari yarim himoyachi Mateo Kovachich va himoyachi Emerson ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

PAOK – “Chelsi” bahsi bugun tunda Gretsiyaning Saloniki shahridagi “Tumba” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:55da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!