“Chelsi” hujumchisi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

  • 13.07.2018 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya Segundasida ishtirko etuvchi "Tenerife" klubi "Chelsi"ning kolumbiyalik hujumchisi Xoao Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispan klubi 22 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan. Biroq, hozircha shartnoma bandlari haqida to‘liq ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

Ma’lumot uchun, Rodriges o‘tgan mavsumni Meksikaning "Tampiko" klubida ijara asosida o‘tkazgan va 21ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!