
“Chelsi” navbatdagi transferini amalga oshirishga yaqin turibdi
Londonning "Chelsi" klubi yaqin kunlarda o‘zining yozgi transferlar davridagi ikkinchi xaridini amalga oshirishi kutilmoqda.
London Evening Standard nashrining xabar berishicha “aristokratlar”ning bu safargi transferi “Yuventus” himoyachisi Daniele Rugani bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra 23 yoshli italiyalik futbolchining transferi londonliklarga 50 mln evroga tushadi. Ruganining o‘zi esa “Chelsi” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Aytish lozimki, Ruganini shaxsan "aristokratlar"ning yangi ustozi Mauritsio Sarri jamda ko‘rishni istamoqda.
Fikrlar