"Chelsi" va "Real" yozda etakchi futbolchilarini o‘zaro almashtirishlari mumkin
Londonning "Chelsi" klubi o‘z etakchisi Eden Azarni "Real"ga qo‘yib yuborishi mumkin. Faqat, buning evaziga “qirollik klubi”dan Iskoni qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda.
Diario Gol tarqatgan xabarga qaraganda Evropaning ikki grandi ushbu almashishni yozgi transferlar davrida amalga oshirishlari mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, Azarning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va u ushbu shartnomani uzaytirishni rad etmoqda.
Isko esa bosh murabbiy Santyago Solari bilan kelisha olmayapti. Ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Shu boisdan “Real” uni sotib yuborishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safida jami 328ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 101ta gol va 85ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Isko esa “Real” safida 263ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 46ta gol va 52ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar