Chim ustida xokkey federatsiyasi o‘z rejalari bilan tanishtirdi va eng yaxshilarni taqdirladi

CHERY AUTO

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi mutasaddilari, federatsiyaning viloyat bo‘limi vakillari, sportchilar, hakamlar, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Konferentsiya davomida federatsiya raisi Bahodir Ahmedov 2018 yilda tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 2019 yil uchun rejalar haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yaqin vaqtlarda poytaxtimizda terma jamoa uchun yangi baza ish boshlaydi. Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida ham chim ustida xokkey bilan shug‘ullanish uchun sport bazalari bunyod etiladi. Shu oy oxirida Buxoroda ana shunday sport bazasining ochilishi kutilmoqda.

«Bugungi kundagi eng asosiy maqsadimiz Tokio 2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olishdir. Umid qilamanki, biz mazkur vazifani uddalay olamiz. Milliy olimpiya qo‘mitasi bugungi kunda sportchilar uchun etarli shart-sharoitlar yaratib bermoqda, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilmoqda. Buning uchun MOQqa minnatdorchilik bildiraman», – dedi Bahodir Ahmedov.

Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov sportchilarimizni Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya haqida batafsil gapirib berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!