Chisora nokaut qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi
Britaniyalik super og‘ir vaznli bokschi Derek Chisora o‘zining navbatdagi jangini jahon chempionligi kamariga sobiq da’vogar Karlos Takamga qarshi o‘tkazdi.
Takam jangni juda yaxshi boshlagan edi, biroq sakkizinchi raundga kelib u ikki marta raqibining aniq va kuchli zarbalarini o‘tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushib qoldi. Shundan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.
Derek Chisora bu g‘alabadan so‘ng super og‘ir vazn toifasida WBA International vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar