Corriere dello Sport: Xames Rodriges yozda “Yuventus”ga o‘tishga tayyor
Ispaniyaning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar 25 yoshlik xavbekka qiziqish bildirishmoqda.
Shuningdek, “Yuve” vakillari kolumbiyalik Xamesni yozda Turinga ko‘chib o‘tishini ta’minlashmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Xames Rodriges bu mavsum La Ligada 8 o‘yinda bitta gol urgan va 2 marta assistentlik qilgan.



Fikrlar