Dana Uayt: Xabibni juda qattiq jazolashdi

UFC prezidenti Dana Uayt Nevada atletik komissiyasining Xabib Nurmagomedovning faoliyati borasida qaroriga o‘z fikrini bildirdi.

- Albatta, 500 ming dollar va 6 oylik diskvalifikatsiya bu juda qattiq jazodir. Bunday qaror meni hayron qoldirdi.

NSAC jangchilarni haqoratlar uchun jazolamoqchi. Bu noto‘g‘ri, ba’zan sportchilar orasida o‘zaro nohurmatsizlikni oktagonda va uning tashqarisida ko‘rsatishadi, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Fighting.

Avvalroq, AQShning Nevada shtati atletik komissiyasi UFC 229 turnirida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv natijalari borasida qaror qabul qilganligi haqida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!