Dele Alli: "Barselona" futbolchilari ham inson va ular ham xato qilishadi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alli ertaga EChL guruh bosqichining so‘nggi turida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahs oldidan raqib hujumchisi Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi va uni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb aytdi.
“Messi dunyoning eng zo‘r futbolchisi hisoblanadi. Uning o‘yinlari zavq bag‘ishlaydi.
Agar u bizga qarshi o‘yinda ishtirko etmasa ham buning menga ahamiyati yo‘q. Qanday tarkib tanlash bu “Barselona”ning ishi. Biz maydonga o‘z kuchimizga ishongan holda tushamiz. Bizga oson bo‘lmaydi, lekin ular ham oddiy inson va ular ham xato qilishlari mumkin. Biz esa ushbu xatolardan unumli foydalansak bas”, - deydi Alli.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Tottenxem" bahsi ertaga 11 dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar bunga qadar o‘zlari uchun pley-off masalasini hal qilib ulgurishgan. Ammo, “shporlar” navbatdagi bosqichga chiqishlari uchun “Barselona” ustidan zafar quchishlari lozim.



Fikrlar