Denis Istomin ikki million dollarlik turnirda qatnashadi

  • 11 fevral, 2017, 17:25
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionati va Devis kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng Niderlandiyada tashkil etilgan "ABN AMRO World Tennis Tournament - 2017" xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Tecno
 

Dunyoning etakchi tennischilari ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 1 837 394 AQSh dollari qilib belgilangan.

Denis Istomin "ABN AMRO World Tennis Tournament - 2017" xalqaro turnirini saralash bellashuvlarining ikkinchi davrasidan boshlaydi. Hamyurtimizning asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsdagi raqibi mezbonlar vakili Nils Lutsma va britaniyalik Alyaz Bedene o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!