
Denni Rouz Odil Ahmedovga jamoadosh bo‘lishi mumkin edi
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Denni Rouz ham Xitoy chempionatiga yo‘l olishi mumkin edi, biroq, u bu taklifni rad etdi.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha Rouzga hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan. Ta’kidlash kerakki, jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning shahsan o‘zi Dennini Shanxayga olib kelishni maqsad qilgan edi. Boisi, portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”da faoliyat olib borgan va Rouzning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.
Agar Angliya terma jamoasi a’zosi Xitoy klubiga ko‘chib o‘tganida, uning maoshi keskin oshar edi. 26 yoshli futbolchining ayni damdagi maoshi esa 366 ming funtni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Rouzning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar