Dibala: Men nohaq edim...

  • 19.08.2018 14:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning «Yuventus» klubi forvardi Paulo Dibala kecha bo‘lib o‘tgan «Kevo»ga (3:2) qarshi bahs oxirida raqib jamoa darvozaboni Stefano Sorrentino og‘ir axvolda maydonda yotgan bir paytda qilgan xatti-harakatlari uchun muxlislardan uzr so‘radi.

ronaldi

Eslatib o‘tish lozimki, Krishtianu Ronaldu bilan to‘qnashuvda jiddiy jarohat olgan 39 yoshli posbon maydonda hushsiz yotgan bir paytda Dibala va Jorjo Kellinilar Manjukichning golini nishonlash bilan ovora bo‘lishdi. Ushbu holat esa keyinchalik muxlislarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng argentinalik futbolchi o‘z Instagrami orqali unga e’tiroz bildirgan bir muxlisga quyidagicha javob berdi: Sen haqsan! O‘sha paytda men nimalar bo‘layotganini tushunmadim. Men nohaq edim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!