Doston Tursunovning yapon klubidagi debyuti omadsiz chiqdi

Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" jamoasi o‘z maydonida "Kashiva Reysol"ni qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda Tursunovning jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dostonbek mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

"Renofa Yamaguchi" o‘zining navbatdagi o‘yinini 2 mart kuni "Ventfored Kofu"ga qarshi o‘tkazadi.

Yaponiya J2 ligasi. 1-tur

"Renofa Yamaguchi" - "Kashiva Reysol" 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!