Duglas Kosta safga qaytdi

  • 12.10.2018 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi vingeri Duglas Kosta jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 28 yoshli braziliyalik futbolchi allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan va u FIFA kunlari yakunlangach “keksa sinora”ga yordam bera oladi.

Eslatib o‘tamiz, Kosta A Seriyaning “Sassuolo”ga qarshi bahsida raqib futbolchisining yuziga tupurgani uchun chempionatning 5ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!