Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari terma jamoasi e’lon qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Frantsiyaning L'Equipe nashri 21 yoshgacha bo‘lgan jahonning eng kuchli futbolchilaridan tarkib topgan ramzi terma jamoa tuzdi.
 
Eng qizig‘i, ushbu ro‘yxatga Angliya va Frantsiya futboli kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan "Manchester Yunayted"ning iste’dodli o‘yinchilari - Markus Reshford va Antoni Marsyal, "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan va boshqa jamoalarda ijarada to‘p surayotgan Andres Kristensen va Natan Ake kabi charm to‘p ustalari kira olmadi.
 
Ko‘pchilik mutaxassislar bugungi kunda dunyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi, deb braziliyalik Gabriel Jezusni tan olmoqda. 19 yoshli futbolchi "Palmeyras"ning mamlakat chempioni, Braziliya olimpiya terma jamoasini Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi, yosh bo‘lishiga qaramay, Braziliya milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kira oldi.
 
Shuningdek, "Borussiya" jamoasida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatayotgan Usmon Dembele ham mutaxassislar tomonidan yuqori bahoga sazovor bo‘lmoqda.
 
L'Equipe nashri mutaxassislar tuzgan yosh futbolchilarning ramziy terma jamoasi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!