Dzyudo bo‘yicha fevral oyi reytingi e’lon qilindi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi fevral oyi uchun sportchilarning yangi reyting jadvalini e’lon qildi. 2017 yilning ilk oyida hamyurtlarimizning egallab turgan o‘rinlarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan.
Xususan, -60 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz Diyorbek O‘rozboev o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab turibdi.
-60 kg
1. Eldos Smetov (Qozog‘iston) - 1852 ochko
2. Diyorbek O‘rozboev (O‘zbekiston) - 1772 ochko
3. Orxan Safarov (Ozarboyjon) – 1772 ochko
Rishod Sobirov esa aksincha, yana bir pog‘ona balandlagan. Ya’ni o‘tgan oyda egallagan 8-o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 7-o‘ringa ko‘tarilgan.

-66 kg
1. An Baul (Janubiy Koreya) - 2710 ochko
2. Fabio Bazile (Italiya) - 1722 ochko
3. Tumurxuleg Daavadorj (Mo‘g‘uliston) - 1680 ochko
7. Rishod Sobirov (O‘zbekiston) - 1092 ochko
Reytingning -73 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarida esa u qadar katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi. Ya’ni Mirali Sharipov 14-o‘rindan 12-o‘ringa yuqorilagan bo‘lsa, G‘iyosjon Boboev Mirali Sharipovning o‘tgan oydagi o‘rnini egalladi.
Shuningdek, Mirzohid Farmonov 55-o‘rindan 52 o‘ringa ko‘tirilgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Sharofiddin Boltaboev o‘z 63-o‘rindan 66-o‘ringa pastlagan.
-73 kg
1. Ruslan Oruxov (Ozarboyjon) - 2950 ochko
2. Xashimoto Soichi (Yaponiya) - 1931 ochko
3. Ono Shoxei (Yaponiya) - 1900 ochko
14. Mirali Sharipov (O‘zbekiston) - 1060 ochko
17. G‘iyosjon Boboev (O‘zbekiston) - 906 ochko
55. Mirzohid Farmonov - 301 ochko
63. Sharofiddin Boltaboev - 244 ochko
-81 kilogramm vazn toifasida ham reytingda o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqrog‘i, o‘tgan oyda 28-o‘rinda qayd etilgan Shahzodbek Sobirov bir pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa, yanvar oyida 55-o‘rinni band etgan Davlat Bobonov ham 53-o‘ringa ko‘tarilgan.
-81 kg
1. Takanori Nagase (Yaponiya) - 2301 ochko
2. Hasan Xolmirzaev (Rossiya) - 2000 ochko
3. Travis Stivens (AQSh) – 1859 ochko
27. Shahzodbek Sobirov (O‘zbekiston) - 626 ochko
52. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 302 ochko
-90 kilogramm vazn toifasida ham boshqalardagi kabi hamyurtlarimizning reytingida o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘tgan oyda 27-o‘rinni band etgan Sherali Jo‘raev 30-o‘ringa tushgan bo‘lsa,Yahyo Imomov o‘tgan oyga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarilgan.
Shuningdek, Dilshodbek Choriev ham 68-o‘rindan 66-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Davronbek Sattorov hozircha o‘z o‘rnini o‘zgartirganicha yo‘q.
-90 kg
1. Mashu Baker (Yaponiya) - 2680 ochko
2. Markus Neyman (Shvetsiya) - 2181 ochko
3. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 1890 ochko
30. Sherali Jo‘raev (O‘zbekiston) - 548 ochko
49. Yahyo Imomov (O‘zbekiston) -336 ochko
60. Davronbek Sattorov (O‘zbekiston) – 254 ochko
66. Dilshod Choriev (O‘zbekiston) – 230 ochko
100 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtlarimizdan Soyib Qurbonov yana bir pog‘ona yuqorilab 14-o‘rinni egallab turganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu reytingda Ramziddin Saidov 37-o‘rindan 38-o‘ringa pastlagan bo‘lsa, Erkin Doniyorov ham 78-o‘rindan 79-o‘ringa pastlagan.
-100 kg
1. Elmar Gasimov (Ozarboyjon) - 2390 ochko
2. Mare Kiril (Frantsiya) - 2112 ochko
3. Lukas Krpalek (Chexiya) - 1952 ochko
14. Soyib Qurbonov (O‘zbekiston) - 1041 ochko
38. Ramziddin Saidov (O‘zbekiston) – 420 ochko
79. Erkin Doniyorov (O‘zbekiston) – 120 ochko
Erkaklar o‘rtasidagi eng yuqori 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ham kichik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Ushbu vaznda ham boshqa etakchilar qatori Abdullo Tangriev o‘z o‘rnini bir pog‘onaga yaxshilagan bo‘lsa, o‘z navbatida Elyor Sharipov 61 va Boltaboy Boltaboev 63-o‘rinni band etishgan.
+100 kg
1. Teddi Riner (Frantsiya) - 2800 ochko
2. Daniel Natea (Ruminiya) - 2140 ochko
3. Xisayoshi Xarasava (Yaponiya) - 1930 ochko
15. Abdullo Tangriev (O‘zbekiston) - 942 ochko
61. Elyor Masharipov (O‘zbekiston) – 202 ochko
63. Boltaboy Boltaboev (O‘zbekiston) – 156 ochko.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, fevral oyi ham vakillarimiz uchun reyting jadvalida ko‘tarilishlarga boy bo‘ldi. Biroq, vakillarimiz uchun oldinda turgan, Parij Gran Prisi mart oyi reytingida ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Biz esa bu yo‘lda hamyurtdarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Fikrlar