
Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo kubogining ikkinchi kuni start olmoqda
Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha yirik musobaqa start oldi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi statusidagi bu turnirning ikkinchi kunida og‘ir vazndagi o‘smirlar medallar uchun kurash olib borishadi.
Bugun yigitlar o‘rtasida -73, -81, -90 va +90, qizlar o‘rtasida -57, -63, -70 va +70 kilogramm vazn toifalarida bahslarning guvohi bo‘lishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, joriy turnir oktyabr oyida Argentinada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.
Musobaqaning saralash bahslari 10:00 dan boshlansa, medallar uchun kechadigan bellashuvlarga 17:00da start beriladi. Birinchi kundan so‘ng terma jamoamiz 6 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar