Dzyudochilarimiz ertaga Ekaterinburgga yo‘l olishadi
17-18 mart kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahri dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi navbatdagi yirik muosbaqaga mezbonlik qiladi.
Dunyoning eng sara dzyudochilari ishtirok etadigan joriy musobaqada terma jamoamiz vakillari ham o‘z omadlarini sinab ko‘radilar. Termamiz murabbiylar shtadi joriy musobaqada 3 nafar dzyudochimizni tanlab olishdi.
Musobaqada yosh umidli polvonimiz Davlat Bobonov 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etsa, tajribali Dilshod Choriev 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida kurashadi. Shuningdek, eng og‘ir vazn toifasida Ixtiyor Toshpo‘latov ham musobaqada qatnashishi belgilab qo‘yilgan. Delegatsiyamiz ertaga Ekaterinburg shahriga yo‘l olishadi.

Fikrlar