Dzyudochilarimiz uchun bugungi kun bahslari yakunlandi

Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlaida medallar uchun kurashayotgan sportchilar saralab olinmoqda. Afsuski, bugun tatamiga chiqqan vakillarimiz shohsupaga ko‘tarila olmaydigan bo‘lishdi. 

-73 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan G‘iyosjon Boboev uchinchi davrada mezbon sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Xuddi shunga o‘xshash holat Sharofiddin Boltaboevda ham kuzatildi. Ilk raqibidan qiyinchiliksiz o‘tgan Boltaboev keyingi davrada gruzinlarning ushbu vazndagi nomdor polvoni Nugzari Tatalashvilining to‘sig‘idan o‘ta olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!